ANTRATSEN
ANTRATSEN, — kondensirlangan uchta benzol yadrosidan iborat aromatik uglevodorod. Molekulyar modda 178,24. Rangsiz kristall, eritma va suyuqlikda saqlanib qoluvchi binafsha rangda fluoressentsiyalanadi (tovlanadi). Suyuqlanish temperaturasi 216°, qaynash temperaturasi 342°. Antratsen toshko’mir smolasi tarkibida 0,3 — 0,5% bo’ladi va shu smolani haydash jarayonida 270 — 360° da ajralib chiqadigan antratsen moyidan olinadi. Antratsen birinchi marta 1832 yilda toshko’mir smolasi tarkibida topilgan. Antratsen oksidlansa antraxinon bo’yoqlar olish uchun ishlatiladigan muhim oraliq mahsulot — antraxinon hosil bo’ladi. Aromatik uglevodorodlarga xos reaktsiyalarga kirishadi: galogenlash, nitrolanish, sulfidlanish va boshqalar.