ANURADHAPURA
ANURADHAPURA — Shrilanka shimolidagi shahar. Aholisi 40 ming kishi chamasida. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi, hunarmandchilik (yog’och o’ymakorligi) rivojlangan. Turizm markazi, buddistlar ziyoratgoh joyi. Qadimgi Anuradhapura (miloddan avvalgi 5-asrdan 11-asrgacha) ilk Singal davlatining poytaxti bo’lgan. Me’moriy qo’riqxona, miloddan avvalgi 3-1-asrlarda qurilgan budda ibodatxonasi va monastirlarining qoddiqlari, Buddaning tosh haykallari (5-asr), Isurumuniya g’or monastiri (5-8- asrlar), saroy va boshqalar saqlangan.