APORT

APORT (Fransuzcha apport) — aktsiyadorlik jamiyati ixtiyoriga sotilgan aktsiyalar uchun to’lov tarzida o’tadigan mulk. Muayyan summaga baholangan tovarlar, savdo va sanoat korxonalari Aport bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ta’sischilar yangi tashkil topayotgan aktsiyadorlik jamiyatlariga Aport tarzida o’z korxonalari hamda tovarlarni oshirilgan narxda o’tkazadilar, natijada mulk qiymatiga nisbatan ko’proq miqdorda aktsiya oladilar.