APPARAT

APPARAT (lotincha apparatus — asbob, uskuna) — 1) asbob, moslama, jihozlarning umumiy nomi. Masalan, telefon Apparat; 2) muayyan tashkilot yoki muassasa xodimlari majmui; shtat; 3) odam, hayvon yoki o’simlikdagi biror umumiy vazifani bajaruvchi a’zolar majmui, masalan, nafas olish Apparati, ovqat hazm qilish Apparati.