APRAKTSIYA

APRAKTSIYA (Yunoncha apraxia — harakat faoliyatsizligi) — bosh miya kata yarim sharlari po’stlog’i yoki qadoqsimon tana o’tkazuv yo’llarining zararlanishi natijasida maqsadga muvofiq harakatlarning buzilishi. Bunda bemor har qanday, hatto eng oddiy harakatni ham (masalan, kiyinish, ovqatlanish, yurish va hokazolar) qay tarzda bajarilishini unutib qo’yadi va ularni birovning yordamisiz qila olmaydi. Apraktsiya bosh miyaning jarohatlangan qismlariga bevosita bog’liq bo’lib, bir necha xili uchraydi.