Aqba, aqaba
Aqba, aqaba (arabcha aqaba — dovon, togyo
li, kopligi aqabot) -O
rta Osiyoda tarqalgan geografik atama. IX-X asrlardagi arabiynavis geograflarning asarlarida kop uchraydi. Aqba so
zi X asrda fors-tojik tilida yozilgan «Hudud ul-olam» va «Tarixi Tabariy» asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon tizmalarida va Pomir toglarida aqba so
zidan tuzilgan onlab dovonni uchratish mumkin: Aqbaboshi, Aqbavodimiy, Aqbai Obburdan, Aqbai Gishxun, Choshi aqba va hakazo. Bu atama axba, ag
ba, ovga shakllarida O
zbekistonning bir qancha joylarida turli xil ma’noda ishlatiladi. Masalan, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi tumanlarida dovonga chiqiladigan tik yolni ovg
a deyishadi va h.k.