Aqba, aqaba
Aqba, aqaba (arabcha-tog’ yo’li, dovon)-tarixiy-geografik tushuncha. IX-X asrlarda arabiynaviy geograflarning asarlarida ko’p uchraydi. X asrda fors tilida yozilgan. “Hudud ul-olam” va “Tarixi Tabariy” asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon va Pomir tog’larida, Aqba so’zidan tuzilgan o’nlab dovonni uchratish mumkin: Aqbai Obburdan, Aqbai Gishxun, Choshi Aqbai va hokazolar.