ARABISTON DENGIZI

ARABISTON DENGIZI – Hind okeanining shimolidagi chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oralig’ida joylashgan. Maydoni 4832 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 2734 metr. Eng chuqur joyi 5803 metr. Yirik qo’ltiqlari — Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi Fevralda shimolda 22° dan Janubda 27° gacha, avgustda 24 — 27°. Sho’rlik darajasi 35,8 — 36,5%o. Oqimlar qishda soat mili harakati bo’yicha, yozda g’arbdan sharqqa yo’naladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqalar ko’p tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Karochi, Adan, Kolombo.