ARALASH IQTISODIYOT

ARALASH IQTISODIYOT — iqtisodiy tizim, sof kapitalizm va buyruqbozlik iqtisodiy tizimlarning ijobiy taraflarini o’ziga qo’shgan, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik va xususiy mulkchilik unsurlarini birlashtirgan. Aralash iqtisodiyot turli mulkchilikka asoslangan. Iqtisodiy faoliyat esa ikkita vosita: bozor mexanizmi (narx, raqobat) va davlat tomonidan tartibga solinadi.