ARALASH MULK
ARALASH MULK — turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo bo’ladigan mulk. Aralash mulk turli mulk sohiblari hissa (pay)larining qo’shilishidan yuzaga keladi. Kelishuvga binoan bu pay har xil bo’lishi mumkin, lekin mulk egalaridan birontasining hukmron bo’lishiga yo’l berilmaydi. Aralash mulk sohiblari xarajatlar va foyda-zararni baham ko’radilar. Amaliyotda Aralash mulkda xususiy, jamoa va davlat mulklari birlashadi va aralash jamiyatlar paydo bo’ladi. O’zbekistonda mulkiy islohotlar natijasida 1995 yildan boshlab Aralash mulk bo’lgan korxonalar yuzaga keldi. Hozirgi davrda ularning keng tarqalgan shakli hissabay mulk ishtiroki turlicha bo’lgan davlataktsiyadorlik korxonalaridir. 1996 yil Aralash mulk korxonalarida mehnat unumdorligi boshqa xo’jaliklar ko’rsatkichidan 5,6 marta, davlat sektoridagidan esa 1,2 marta yuqori bo’ldi, ammo Aralash mulkning amal qilish doirasi hozircha ancha tor.