ARALASH RESPUBLIKA

ARALASH RESPUBLIKA — (yarim prezidentlik) respublika boshqaruv shakllaridan biri. Unda prezidentlik va parlament respublikasi elementlari birgalikda mavjud: prezident umumxalq saylovida saylanadi; vakolatlari katta bo’ladi; Hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u ham prezident, ham parlament oldida hisobot beradi; oliy hokimiyatda uchinchi shaxs – premyer-ministr, ya‘ni hukumat boshlig’i ham mavjud bo‗ladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident ma‘lum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega. Masalan, Fransiyada prezidentni xalq saylaydi, u juda katta vakolatlarga ega, ammo u hukumatni boshqarmaydi. Bunday respublikalar qatoriga yana Avstriya, Irlandiya, Portugaliya, Polsha, Finlyandiya, Bolgariya kiradi. Aralash turdagi respublikalar barqaror belgilarga ega emas va saylov natijalariga ko’ra u prezidentlik yoki parlament respublikasi shakliga oson o’ta oladi.