ARALASH SILOS

ARALASH SILOS — turli ozuqabop o’simliklarning ko’k poyasi, doni, ildizmevalarini konservalash (surlash) usuli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, cho’chqa va yosh buzoqlarni boqishda qo’llaniladi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, ko’k beda, kartoshka, qovoq va boshqalarning palaklari ishlatiladi. Aralash silos namligi 60-70 %, rn 4 — 4,3, sut kislotasi 70-75% bo’lishi kerak. 1 kilogramm Aralash silos tarkibida 0,25—0,30 ozuqa birligi, 25-30 gramm hazm bo’luvchi protein, 20 -60 milligramm karotin va 30 grammdan ko’p bo’lmagan miqdorda klechatka bo’ladi. Aralash silosni tayyorlash, joylash va saqlash texnologiyasi qattiq nazorat qilinishi lozim. Aralash silos oson hazm bo’luvchi uglevodlar, organik kislotalar, vitaminlar va mineral tuzlarga boy.