ARASHON

ARASHON — Chatqol tizmasi bilan Qizilto’r tizmasi orasidagi dovon. Arashon orqali Ohangaron vodiysidan Oqbuloq soyi vodiysiga o’tiladi. Balandligi 3112 metr. Dovonning Janubiy-Sharqiy yon bag’ri yassi, shimoliy-g’arbiy yon bag’ri tik. Arashon oktabrning ikkinchi yarmida qor bilan qoplanib, may oyida qori erib ketadi.

ARASHON (sanskritcha arasan — obi hayot) — issiq suvli mineral buloq. Arashon asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Arashon Arasan, Arshan shakllarida Sibirda va O’rta Osiyoda juda ko’p joy nomlari tarkibida uchraydi. Arashon, Arashonbuloq, Arashonsoy, Olmaarasan, Oqarasan kabilar.