ARAVAKASH
ARAVAKASH — 1) osmon gumbazining shimoliy qismidagi yulduz turkumi; Javzo, Savr, Persey, jiraf va silovsin turkumlari orasida joylashgan. Turkumda juda ko’p qo’shaloq yulduzlar, yulduz to’dalari va bir qancha Ravshan yulduzlar bor. Eng ravshan yulduzi — o — kattalikdagi kapella. O’rta kengliklarda hamma vaqt ko’rinib turadi; 2) arava haydovchi kishi; 3) aravaga qo’shiladigan ulov (masalan, aravakash ot).
ARAVAKASH — o’rtapishar qovun navi. Shakli cho’zinchoq-tuxumsimon, yirik, uzunligi 40-50 santimetr, og’irligi 8-17 kilogramm, po’sti qalinligi o’rtacha. Sirti tekis, yoppasiga mayda va noziq to’r bilan qoplangan. Eti oq, qalinligi 5-6 santimetr, sershira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urug’xonasi katta, urug’i o’rtacha, rangi sariq. Urug’i ekilganidan keyin 95— 100 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 300 — 350 tsentner/gektar, yuqori agrotexnikada 500 — 600 tsentner/gektar ga boradi. Bu nav ilgari Toshkent vohasida ko’p eqilgan. O’zbekiston o’simlikshunoslik institutida K. I. Pangalo tomonidan takomillashtirilgan populyasiyasi Toshkent viloyati uchun rayonlashtirilgan.