ARDISTON MASJIDI

ARDISTON MASJIDI — qadimgi Eron me’morligi an’analari asosida kurilgan bino (11 — 12-asrlar). To’rt tomoni ravoqli ayvon; bular o’zaro ravoqlar tizmasidan iborat xonalar bilan bog’lanadi. Ravoqlardagi naqshlar kufiy xati va mexrobi naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Burchaklaridagi minoralarda pishiq g’ishtdan bezak hosil qilib belbog’lar ishlangan. Tepasi muqarnasli qubba bilan yakunlangan.