ARENA
ARENA (lotincha arena — qum) — 1) qadimgi Rim tomoshaxonalarining amfiteatr o’rtasidagi qum sepilgan aylana maydoni. Sport o’yinlari, gladiatorlar urushi, o’limga mahkum etilganlarning yovvoyi hayvonlar bilan jang tomoshasi uchun mo’ljallangan; 2) hozirgi zamon tsirkida tomosha joyi, o’yin maydoni. U hozir manej deb ataladi. Tsirk Arenasining diametri 13,5 metr; 3) sport maydoni — maxsus sport turlari bo’yicha o’quv trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalari o’tkazishga mo’ljallangan, yetarlicha jihozlangan maxsus sport inshooti, o’yingoh sahni, boks, yengil atletika, kurash va shu kabi musobaqalar joyi.
O‘xshash so‘zlar
- Arenaviruslar
- Arena haqida nimani bilasiz?
- ARENDS ALFRED KARLOVICH kim bo’lgan?
- AREOGRAFIYA
- AREOMETR
- AREOPAG
- ARERGARD haqida nimani bilasiz?
- ARERSSENA haqida nimani bilasiz?











