ARISTOKSEN
ARISTOKSEN (Aristoksenos) (miloddan avvalgi 354, Tarent — taxminan 300) — yunon musiqa nazariyotchisi. Aristotelning shogirdi. Uch kitobdan iborat «Garmonika» asari, «Ritmika»sidan parchalar bizgacha yetib kelgan. Tanqidiy o’zlashtirilgan Pifagor ta’limoti bilan Aristotel g’oyalarini qo’shishga harakat qilgan. Aristoksen birinchilardan bo’lib, musiqa tovushlari bevosita eshitilishi bilan «sof sozli tovushlar tizmasi» o’rtasida farq mavjudligini ko’rsatdi. Mutlaq balandlik, intervallar, lad (tuzuk) yaratilajak modulyasiya, kompozisiey printsipi jihatidan farq qiluvchi «garmonik» (musiqa) hodisalar tizimini ishlab chiqdi; intervallarning sadolanishi jihatidan konsonant va dissonantligini bayon qildi. Aristoksen ta’limoti, ayniqsa, o’rta asrlardagi Sharq musiqa nazariyasiga hamda Uyg’onish musiqa namoyandalariga ta’sir qildi.