Arka (ark, tok, ravoq)

Arka (ark, tok, ravoq) – 1) devor yoki ikki ustun (tayanch) orasidagi bo’shliqning egri chiziqli orayopmasi, devordagi bo’shliq ustini yoki ikkita tayanch oralig’ini yopuvchi va egri chiziqli brus shakliga ega bo’lgan yuk ko’taruvchi qurilish konstruksiyasi; 2) ikki tayanch orasidagi egri yopma; 3) shahar markazidagi qal’aband o’rda; qadimda shahar hukmdorlari joylashgan. Yozma manbalarda ko’handiz, koh, qasr nomlari bilan tilga olinadi. Tabiiy do’nglik yoki maxsus yaratilgan baland supa ustiga qurilib, atrofi mustahkam devor bilan o’ralgan, bir yoki ikki darvozasi bo’lgan.