ARKTIKA IRQI

ARKTIKA IRQI — katta mongoloid irqiga mansub irq. Arktika irqi uchun soch va ko’zning qoraligi, uzun qirra burunlik, dolixokefaliya xos. Chekka Shimoliy-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Grenlandiyada tarqalgan. Arktika irqi vakillari jumlasiga eskimoslar kiradi.