ARKTIKA VA ANTARKTIKA MUZ SAHROLARI ZONALARI
ARKTIKA VA ANTARKTIKA MUZ SAHROLARI ZONALARI — Arktika va Antarktikaning orolli va materikning quruklik qismini o’z ichiga oladi. Arktikaga Arktika mintaqasidagi yerlar kiradi. Eng nam Atlantika bo’yi zonalarida (Elsmir orolidan Grenlandiya, Shpisbergen, Frans-Iosif yeri orqali Novaya Zemlya oroligacha) keng muzlik qoplamlari (umumiy maydoni 2 million kilometr kvadratdan ziyod) bo’lib, muz sahrosining landshaftlari hukmron. Qolgan quruqlikda Toshloq sahrolar bor, ularda biologik va geokimyoviy jarayonlar juda sust, o’simliklar siyrak, tuproqlari deyarli rivojlanmagan. Antarktikaga Antarktida materigi va unga yaqin orollar kiradi.