ARMAN YOZUVI
ARMAN YOZUVI — arman episkopi Mesrop Mashtos tomonidan 405 — 406 yillarda yunon va oromiy yozuvlar asosida yaratilgan. Unga 12-asrda 2 ta yangi harf kiritildi. Hoz. Arman yozuvida 39 harf bor. Arman yozuvi tarixan takomillashib, yumaloq shakl ola bordi va tez yozish uchun moslashdi. Chapdan o’ngga tomon o’qiladi.