ARMANISTON FANLAR AKADEMIYASI

ARMANISTON FANLAR AKADEMIYASI — Armaniston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1943 yil tashkil etilgan. Yerevan shahrida joylashgan. Akademiya tarkibida 43 akademik, 59 muxbir a’zo, 2 xorijiy a’zo bor. Akademiya tizimida 6 bo’lim, 32 ilmiy muassasa mavjud. Bir necha ilmiy jurnali, institutlarning ilmiy asarlarini va boshqa ilmiy adabiyotlarni nashr etadi. Kutubxonasi va nashriyotiga ega.