ARMANLAR

ARMANLAR (o’zlarini xay deb atashadi) — xalq, Armanistonning asosiy aholisi (3,08 million kishi, 1992 yil). Shuningdek Rossiya Federatsiyasi (532 ming kishi), Gruziya (437 ming kishi), AQSh (700 ming kishi), Frantsiya (270 ming kishi), Eron (200 ming kishi), Suriya (170 ming kishi), Tog’li Qorabog’ (146 ming kishi), Liviya va Turkiya (150 ming kishidan) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni — 6,55 million kishi. Arman tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan xristian-monofisiylar.