Armatura (o’zak)

Armatura (o’zak) – 1) egiluvcha yoki bikir po’lat (ayrim hollarda nometall) sterjenlar bo’lib, ular beton konstruksiyalarga ta’sir etuvchi kuchlarga muvofiq tarzda yoki konstruktiv, texnologik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda ichiga joylashtiriladi; 2) (o’zak) binokorlik qurilmalariga tarkibiy uyg’unlashgan kuchaytirish elementi; 3) asosiy jihozlar tarkibiga kirmaydigan, lekin uning me’yoriy ishlashini ta’minlash uchun zarur (quvuro’tkazgich, elektrtexnik va boshqa o’zak) yordamchi moslama va qismlar. Masalan: to’sinlar o’zagi, ayqash sinchlar shaklidagi armatura, tik armatura, burama armatura, o’rama armatura, o’ralgan armatura, sinch o’zagi, ustun o’zagi, halqasimon armatura, tayoqchasimon armatura, torsimon armatura, kirishishga qarshi armatura, shakldor armatura, to’rt belbog’li o’zak, qo’shimcha panjarali armatura va hokazolar.