ARMATURA PO’LATI

ARMATURA PO’LATI — temir-beton konstruktsiyalar armaturalarini tayyorlashda ishlatiladigan material. Armaturaning mustahkamlik tafsilotlari po’latning kimyoviy tarkibiga (uglerod va legirlovchi qo’shilmalar miqdoriga), ularga ishlov berish tarziga (cho’zish, tortish, termik ishlov berish va boshqalarga) bog’liq bo’ladi. Oldindan kuchaytirilgan temir-beton konstruktsiyalar uchun o’rtacha yoki ko’p uglerodli po’lat ishlatiladi; bunday po’lat qizdirib prokat langan bo’ladi yoki termik ishlab puxtalanadi. Kuchaytirilmagan temir-beton konstruktsiyalar uchun kam uglerodli pulat ishlatiladi. Armatura po’lati esa oldindan kuchaytirilgan konstruktsiyalar uchun ishlatiladi. Armatura po’lati yaxshi payvandlanadi.