ARMATURALANGAN OYNA

ARMATURALANGAN OYNA — ichiga metall to’r (armatura) qo’yilib tayyorlanadigan listli silikat oyna. Bino va inshootlarning yorug’lik tushadigan teshiklari hamda ustki yopmalariga qoplashda, yorug’lik o’tkazuvchi pardevorlar, zinalarni, lift shaxtalarini to’sish va boshqalarda ishlatiladi. Armaturalangan oyna uzluksiz prokatlab tayyorlanadi. Zarb yoki yuqori temperatura ta’sirida maydalanib sochilmaydi. Armatura to’ri diametri 0,35 — 0,45 millimetrli simdan payvandlab yasaladi.