ARMATURALI TSEMENT KONSTRUKTSIYALAR

ARMATURALI TSEMENT KONSTRUKTSIYALAR — qalinligi 20 millimetrdan oshmaydigan yupqa devorli temir-beton konstruktsiyalar. Mayda to’ldirgichli beton orasiga ingichka (0,5 — 1,6 millimetr) po’lat simdan zich to’qilgan armatura to’ri joylashtirib tayyorlanadi. Armaturali tsement konstruktsiyalarning bikrligi (qattiqligi) va suv o’tkazmaslik xossasi temir-beton konstruktsiyalarga qaraganda ancha yuqoriroq bo’ladi. Bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstruktsiyalarida, rezervuarlar qurishda, kemasozlik va boshqalarda ishlatiladi. Bunday konstruktsiyalarni turli shakllarda yasash mumkin. Kamchiligi: o’tga chidamliligining pastligi, beton va armaturalarni korroziyadan asrash zarurligi. Armaturali tsement elementlardan 46×46 metr o’lchamli qilib yasalgan yig’ma monolit qobiq.