ARMILLYAR SFERA

ARMILLYAR SFERA (lotincha armilia — halqa) — qad. astronomik asbob; yoritqichlarning koordinatlarini aniqlashda qadim zamonlardan qo’llanib kelgan. Gradus va minutlarga bo’lingan bir necha halqalardan iborat. Halqalarning tekisliklari osmon sferasining asosiy tekisliklariga parallel joylashtirilgan. Armillyar sferaga yoritqichlarni kuzatish uchun dioptrlar ham o’rnatilgan. 16-asrgacha qo’llanilgan.