ARMINA

ARMINA — miloddan avvalgi 7-asr oxirida Armaniston tog’larining Janubiy-g’arbida barpo etilgan qabilalar Ittifoqi. Urartuda davlat hokimiyatining bo’shashganligi sharoitida vujudga kelgan. Aftidan, arman xalqining shakllanishida katta rol o’ynagan. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Armina atamasi «Armeniya» so’zining asosi bo’lgan. Armina Bihistun kitobalaridagi «Urartu» so’ziga mos keladi.