ARMIYA

ARMIYA (lotincha armo — qurollantiraman) — quruqlikdagi qo’shinlar yoxud (ba’zan) davlatning harbiy-dengiz flotidan boshqa barcha qurolli kuchlari majmui. Shuningdek, Armiya deganda jangovar operasiyalar olib borishga mo’ljallangan bir necha qo’shilma va qurolli kuchlarning turli qismlari operativ birlashmasi (umumqo’shin yoki dala, tank, havo, havo-desant Armiyasi va boshqalar) tushuniladi. Turkiy xalqlarda qo’shin, lashkar, cherik deb atalgan.