ARMKO-TEMIR

ARMKO-TEMIR (ARMKO) — Amerika firmasining qisqartirilgan nomi — texnika nuqtai nazaridan toza (taxminan 99,85 foiz G’e dan iborat) temir. Armko-temir korroziyabardosh, nihoyatda cho’ziluvchan, elektr o’tkazuvchanligi yumshoq po’latnikiga qaraganda qariyb ikki baravar katta; magnitga to’yinuvchanligi juda yuqori (21600 Gs gacha) bo’lganligidan elektr mashinasozligida keng ishlatiladi; undan lab. idishlari, tunuka, quvur, sim va boshqa buyumlar tayyorlashda, murakkab detallar yasashda foydalaniladi.