ARNEM

ARNEM — Niderlandiyadagi shahar, Gelderland provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 132 ming kishi (1991), shahar atrofi bilan 293 ming kishi. Reyn daryosi sohilidagi port. Avtomobil va temir yo’llar tuguni. Qalay, tamaki, sun’iy ipak, mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, ko’n-charm korxonalari bor. Ochiq havodagi Niderlandiya muzeyi (xalq me’morligi, V. Van Gog asarlari) joylashgan. Sint Esebiuskerk gotika cherkovi (15-16-asrlar), «Iblis uyi» (16-asr; 19- asrdan — ratusha) bor.