ARNIKA

ARNIKA (Arnica) — qoqidoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. 32 turi ma’lum. O’zbekistonda uchramaydi. Gullari sarg’ish-zarhal savatchada to’plangan. Tog’ Arnikasi (Arnika montana) ning gulida S vitamin—karotin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Ivitmasi va qaynatmasi bachadondan qon ketishini to’xtatish, bachadon muskullarining tonusini oshirish, yurak faoliyatini kuchaytirish, safro tushirish va og’riq qoldirish uchun ishlatiladi.