AROMATIK UGLEVODORODLAR

AROMATIK UGLEVODORODLAR — molekulasida benzol yadrosi bo’lgan uglevodorodlar. Aromatik uglevodlarning asosiy vakillari benzol (S6N6) va uning hosilalaridir (masalan, toluol — S6N5 — SN3, stirol — S6N5— SN = SN2 va boshqalar). Benzol yadrolari kondensirlangan Aromatik uglevodlarga naftalin, antratsen, fenantren va boshqalar kiradi. Ba’zi kondensirlangan Aromatik uglevodlarning molekulasi juda ko’p benzol yadrosidan tashkil topgan bo’ladi. (Masalan, koronenda 6 ta). Aromatik uglevodlarning asosiy manbai toshko’mirni kokslash natijasida olinadigan mahsulotlardir. Neftdan ham ko’p miqdorda Aromatik uglevodlar olinadi. Ayrim Aromatik uglevodlar sintetik usullar bilan olinadi. Aromatik uglevodlar muhim ahamiyatli xilma-xil aromatik birikmalar olish uchun boshlang’ich mahsulotdir. Ular yordamida aromatik ketonlar, aldegidlar, kislotalar hosil qilish mumkin.