ARPA DONI

ARPA DONI — 1) qadimgi og’irlik o’lchov birligi. Ming dona arpaning og’irligi 40,9510 -gramm 40,9514 gramm bo’lgani uchun 1 dona arpaning og’irligi o’rtacha 0,0409512 grammga teng, deb olingan. Ilgari mana shu og’irliklar bo’yicha misqol va qadoq qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun qadimda 1 misqol q 100 Arpa doni = 4,0912 gramm bo’lgan. Lekin arpa qaysi zamon va qaysi o’lkada yetishtirilganligiga qarab Arpa donining katta-kichikligi har xil bo’lgan. Shuning uchun keyinchalik 1 Arpa doni = 0,0453 gramm deb qabul qilingan. 14 — asrga kelib esa 1 Arpa doni = 0,045 gramm bo’lgan. Hozirgi vaqtda ba’zi Sharq mamlakatlarida 1 Arpa donining 0,048 grammga teng qiymati qo’llanilmoqda. Ba’zan 1 Arpa doni = 0,052 gramm. Arpa donining forscha nomi Jou, yana boshqa nomi sha’iradir. 1 sha’ira 0,052 grammga teng deb qabul qilingan; 2) uzunlik o’lchov birligi. 1 dona arpaning eni ishchi otning 6 dona yoliga yoki barmoqning oltidan biriga teng. 1 Arpa doni = 1/6 barmoqqa ishchi otning yoli. Agar 1 barmoq 2,18 n-2,28 santimetrga teng bo’lsa, u holda 1 Arpa doni = 0,36-0,38 santimetr.