ARPAG’ON

ARPAG’ON (Eremopyrum) — bug’doydoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi. Poyasi silliq, tuksiz, bo’yi 4 — 25 santimetr. Bargining eni 3-4 millimetr, tukli. Boshog’i tuxumsimon, uzunligi 1,5 — 3 santimetr, eni 0,9 — 2 santimetr. Boshoqchasi 3 — 5 gulli. Arpag’on aprel — may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli tog’yon bag’irlarida o’sadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpog’istonda uchraydi. Arpag’on — bahorgi eng yaxshi yem-xashak o’simligi. Uning tarkibida 12 — 14% gacha protein va 24 — 27% kletchatka bo’ladi. Arpag’onni hamma qishloq xo’jaligi hayvonlari yeydi.