ARPAJEVAK

ARPAJEVAK — xotin-qizlar bo’yniga taqadigan ziynat buyumi, jevakning bir turi. Arpa shaklida ishlangan yupqa kumush yoki yuziga tilla suvi yuritilgan kumush donachalaridan iborat bo’lib, qora ipak ipga bir dona marjon, bir dona «arpa» ketma-ket o’tkazilib tayyorlanadi.