ARRABURUN AKULALAR

ARRABURUN AKULALAR (Pristiop horidae) — akulalar turkumi oilasi. Uzunligi 1,5 metrgacha, tanasi tsilindrsimon, cho’ziq. Tumshug’i uzun va yassi qilichsimon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshug’i o’rtasidagi ikkita uzun mo’ylovlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Anal suzgichi bo’lmaydi. 4 — 5 turi bor, Hind okeani va tinch okeanning g’arbiy sohillari yaqinida, asosan tropik suvlarda tarqalgan. Suv tubidagi uncha chuqur bo’lmagan joylarda yashaydi, mayda baliqlar va suv tubidagi umurtqasizlarni kovlab olib yeydi. Tirik tug’adi. Ovlanadi, mahalliy ahamiyatga ega.