ARS NOVA

ARS NOVA (lotincha ars nova — yangi san’at) — 14 — asr italyan va frantsuz musiqasidagi ijodiy ilg’or yo’nalish. Faqat cherkov musiqasi janrlaridan foydalanishdan voz kechib, dunyoviy vokal-cholg’u musiqa janrlarini professionallik darajasiga ko’targan, folklor bilan yaqinlashib, turli musiqa asboblarini keng qo’llagan. Dastlab 1309 yilda italyan tadqiqotchisi paduyalik Marketto, 14-asrning 20-yillarida frantsuz gumanisti Filipp de vitri tomonidan nazariy asoslandi. Yetakchi kompozitorlari — florentsiyalik Jovanni, Franchesko Landino, buyuk namoyandasi Gilom de Masho (taxminan 1300— 1377). Motet, ballada va madrigalning ilk shakllari hamda kachcha (yoki kachchia) Ars nova uchun xarakterli janrlardir. Jahon musiqa san’atining keyingi rivojiga ta’siri katta. Ad:. Gruber R., Vseobhaya istoriya muzo’ki, 2 izd., ch. 1, M., 1960.