ARSENIDLAR

ARSENIDLAR — metallarning margimush bilan hosil qilgan birikmalari. Arsenidlar yuqori temperaturada eriydigan qattiq va og’ir moddalardir. Ishqoriy metallarning Arsenidlari suvda parchalanib, arsin va ishqor hosil qiladi. Boshqa metallar Arsenidlari faqat kislotalarda eriydi. Ayrim Arsenidlar yarim o’tkazgich xususiyatiga ega. Davriy sistemaning III guruhi metallari Arsenidlarining ba’zilari kristallanganida yiltiroq rux tosh tuzilishiga ega bo’lganligi sababli ulardan lazer kristallari (GaAs, InAs, GaxIn1) cAs), tok kuchini to’g’rilagichlar, diodlar va triodlar (GaAs) tayyorlanadi.