ARSLONQUYRUQ

ARSLONQUYRUQ (Leonurus L.) — yalpizdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik va bir yillik o’tlar turkumi. 14 turi ma’lum. O’rta Osiyoda 4 turi o’sadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oshlovchi va boshqa moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qo’llaniladi. Toshkent Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’li yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston Arslonquyruq (L. turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.