ARTEMIDA

ARTEMIDA — yunon afsonalarida ov xudosi, ayollar homiysi. Zevs va Letoning qizi. Apollonning egizak singlisi. Boshida o’q-yoy, ba’zan yarim oy holatida tasvirlangan. Rim afsonalaridagi Diana timsoliga mos keladi.