ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI
ARXEOLOGIYA YODGORLIKLARI — arxeologik tadqikotlarning ob’yekti bo’lib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy manbalar bo’lib, ularni o’rganish bilan kishilik jamiyatining o’tmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixgacha bo’lgan eng qadimgi davrini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar bo’yicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga bo’linadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa inshootlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6) qadimgi mozor-mo’la va o’balar; 7) qadimgi me’morlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) o’rta asr shahar va rabotparnnnng xarobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va o’rta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.