ARXEOSIATLAR haqida nimani bilasiz?
ARXEOSIATLAR (Archeocyathida) -qirilib ketgan umurtqasiz jonivorlar turkumi. Bo’yi 6 — 8 santimetr, eni 1-2 santimetr. Kembriy davridagi dengizlarda yashagan. Arxeosiatlar g’uj bo’lib to’plangan joylarda keyincha riflar vujudga kelgan. 100 metrgacha chuqurlikdagi suv tubiga yopishib yashagan. Yer yuzidan Arxeosiatlar qariyb 400 turining qoldiqlari topilgan. Ular yordamida kembriy davri yotqiziqlari o’rganilib, ularning stratigrafik sxemasi tuziladi.
O‘xshash so‘zlar
- ARXESPORA haqida nimani bilasiz?
- ARXEY haqida nimani bilasiz?
- ARXI… haqida nimani bilasiz?
- ARXIEPISKOP haqida nimani bilasiz?
- ARXIKARP haqida nimani bilasiz?
- ARXIMED AKSIOMASI haqida nimani bilasiz?
- ARXIMED haqida nimani bilasiz?
- ARXIMED QONUNI haqida nimani bilasiz?










