ARXONT

ARXONT (Yunoncha archon — boshliq, hukmdor) — Yunonistondagi oliy mansabdor shaxslar. Rivoyatlarga ko’ra, arxontlik lavozimi umrbod hisoblangan, keyinroq 10 yilga, miloddan avvalgi 683 yildan boshlab esa bir yilga keltirilgan. Arxont 9 kishidan iborat bo’lgan. Miloddan avvalgi 6-asrdagi Solon islohotidan keyin arxontlik lavozimiga oliy darajadagi mulkdorlar saylangan. Klisfen islohotidan so’ng (miloddan avvalgi 5-asr) Arxont o’zining siyosiy ahamiyatini yo’qotgan.