ARZHOVLI
ARZHOVLI — xonga arzga kelgan kishilar qabul qilingan joy. 1830 — 38 yillar Xivada Olloqulixon buyrug’i bilan qurilgan Toshhovlining bir qismi. Hovlining ichki qismiga gir aylangan ayvonli boloxonalar solingan. Hovlining to’rida esa taxt uchun maxsus ayvon qurilgan. Arzhovli o’rtasida baland yumaloq supa bo’lib, yozda o’tov o’rnatilgan. Binoning koshin bilan qoplangan silliq devorlari turli rangdagi nafis naqshlar bilan bezatilgan. Xivaning Dishan qal’asidagi Nurullaboy saroyida ham 1904 yil qurilgan Arzhovli bor.