ASAD
ASAD (fors— sher, O’zbekcha — Arslon) — 1) 12 burj (zodiak)ning 5-yulduz turkumi, belgisi IR. 4 ta eng ravshan yulduzi hosil qilgan trapesiya orqali uni osongina topish mumkin. Ulardan biri Regul 1,3 kattalikdagi zangori yulduz. Umumiy maydoni 947 kvadrat daraja. Qish va bahorda o’rta kengliklarda osmonning Janubiy qismida ko’rinib turadi; 2) Navro’zning birinchi kunidan boshlab hisoblanadigan shamsiy taqvim (kalendar)ning 5-oyi nomi; 21 avgustdan 21 sentabrgacha davom etadi. Asad kirishi bilan ob-havoda muayyan o’zgarishlar yuz beradi. Asad yaxshi kelgan yillari o’rtacha harorat saratondatja nisbatan atigi 2 — 4 daraja past bo’ladi. Ba’zi yillarda Asad chiqishidan 4 — 6 kun oldin albatta kuchli shamol esishi va durustgina yog’ingarchiliklar bo’lishi mumkin. Asad oyida chashmalarda suv kamayadi, daryolar suvi aksincha ko’payadi. Qushlar birinketin issiq mamlakatlarga uchib ketish taraddudiga tushadi. Dehqonchilikda ekinlar asosan shu oyda o’sib rivojlanadi. «Asad — ekiningni yasat» degan xalq maqoli bejiz ishlatilmagan. Ayniqsa, g’o’zaga ko’p ishlov berib, uni qondirib sug’orish kerak bo’ladi. Ad.: Narziqulov A., Dehqon taqvimi, T., 1990.