ASHULA YO’LI

ASHULA YO’LI — 1) cholg’u kuylarining ashula yo’llari. Masalan, bastakor I. Ikromov moslagan «Munojot», «Cho’li Iroq», «Mushkiloti Dugoh» singari cholg’u kuylarning ashula varianti; 2) O’zbekistonning turli joylarida hofizlik maktablariga xos ijrochilik-ijodchilik an’analari. Masalan, Buxoro, Samarqand Ashula yo’llari, Xorazm Ashula yo’llari, Farg’ona-Toshkent Ashula yo’llari va hokazolar; 3) atoqli hofizlarning ijrochilik-ijodchilik uslubiga xos asarlar. Masalan, «Ushshoqi Hoji 1—P» (Hoji Abdulaziz Abdurasulov talqinida tanilgan «Ushshoq» yo’llari), «Ushshoqi Sodirxon» (Sodirxon Bobosharifov yo’li), «To’ychi Hofiz ushshog’i» (Mulla To’ychi Hofiz Toshmuhamedov yo’li).