ASOSIY FONDLAR
ASOSIY FONDLAR — mamlakat milliy boyligining muhim qismi. Ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta foydalaniladigan va o’z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin o’tkazib boradigan aktivlar hisoblanadi. Bunday fondlarga imorat va inshoot, mashina va uskunalar, transport vositalari, bog’lar, uzumzorlar, geologiyaqidiruv ishlariga sarflar, EHM ma’lumotlar bazasi va ularni dasturlar bilan ta’minlash xarajatlari, san’at va adabiyotning nodir asrlari va shu kabilar kiradi.