ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARI

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARI — mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, transport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirish mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi. Kapital qo’yilmalar hisobiga to’ldiriladi.